Universitet hayoti
AIFU ICPC 2026 xalqaro dasturlaş musobaqasida e’tirof etildi
Dunyoning eng nufuzli talabalararo sport dasturlaşi çempionati - ICPC Uzbekistan 2026 bu yil ham mamlakatning eng kuçli yoş dasturçilarini bir maydonga jamladi. Uşbu yirik bellaşuvda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti…

Dunyoning eng nufuzli talabalararo sport dasturlaşi çempionati - ICPC Uzbekistan 2026 bu yil ham mamlakatning eng kuçli yoş dasturçilarini bir maydonga jamladi. Uşbu yirik bellaşuvda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) vakillari ham öz salohiyatini munosib namoyiş etdi.
18-oktabr kuni 48 ta oliygohdan 230 ta jamoa qatnaşgan ICPC Uzbekistan Qualification bosqiçida talabalarimiz — Muxriddin Abdullayev, Ibrohim Artilbayev va Bexruz Suyunov (murabbiy: Nodirbek Ayitbayev) ICPC ijroçi direktori William B. Poucher imzolagan Honorable Mention e’tirof yorliğiga sazovor böldi.
8-noyabr kuni Toşkentdagi School 21 hududida eng kuçli 79 ta jamoa 5 soat davomida bellaşgan ICPC Uzbekistan Regional Contest bosqiçida esa murabbiyimiz Nodirbek Ayitbayev III darajali diplom bilan taqdirlandi.
Mazkur yutuq AIFU’da zamonaviy IT muhiti, kuçli dasturçi talabalar va ularni xalqaro maydonga yetaklay oladigan ustozlar maktabi şakllanayotganining yorqin dalilidir.
Talabalarimiz va ustozimizni samimiy tabriklaymiz — oldinda yanada yuksak xalqaro marralar kutmoqda!
Fotogalereya
Tegishli

AIFU talabalaridan Prezidentimizga javob maktubi
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yozgan maktubi talabalarimizda ham katta taassurot qoldirdi. Undagi bilim, vaqtning qadri va Vatanga muhabbat haqidagi nasihatlar butun yoş avlodga qaratilgan.
1 daqiqa o‘qish

“Bir maktub — bir avlodga saboq”: universitetimizda davra suhbati
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaga parvoz çoğida nabirasi Şavkatbekka maktub yozdi. Unda bilim, til örganiş, vaqtning qadri, kitobxonlik, Vatanga muhabbat va qiyinçiliklar oldida taslim…
1 daqiqa o‘qish

Talabalarimiz Olmazor tumani rivoji uçun takliflarni ilgari surdi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining bir guruh talabalari "Global qaşşoqlik muammolari" fani doirasida Olmazor tumanida amaliy maşğulot ötkazdi. Maşğulotga dotsent, Olmazor tumani deputati Ma’ruf Mirzamahmudov rahbarlik qildi.
1 daqiqa o‘qish



