Qabul va grantlar
AIFU Magistratura mutaxassisliklariga qabul tartibi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) ilmiy salohiyati yuqori, mustaqil fikrlaydigan va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgan bakalavr bitiruvchilarini magistratura dasturlariga o‘qishga taklif etadi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) ilmiy salohiyati yuqori, mustaqil fikrlaydigan va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgan bakalavr bitiruvchilarini magistratura dasturlariga o‘qishga taklif etadi.
📅 Qabul jarayoni muddati:
Har yili 1-avgustdan 30-sentabrgacha davom etadi.
📂 Hujjat topshirish tartibi
Magistratura bosqichiga o‘qishga kirish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi lozim:
Pasport yoki ID karta nusxasi
Bakalavr diplomi va ilovasi (baholar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart)
3×4 hajmdagi 4 dona fotosurat
Til sertifikati (agar mavjud bo‘lsa – IELTS, CEFR, TOEFL va boshqalar)
Hujjatlar onlayn (AIFU veb-sayti orqali) yoki universitet binosiga kelib bevosita topshiriladi.
🧪 Kirish imtihonlari
AIFU magistratura dasturlariga qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi:
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha test sinovlari:
Imtihonlar onlayn va offline shaklda tashkil etilishi mumkin.
Motivatsion suhbat (intervyu):
Ilmiy qiziqishlar, tadqiqot mavzusi va kelajakdagi rejalarga oid savollar
Suhbat natijalari yuqori baholangan abituriyentlar orasida grantlar taqsimlanadi.
🏅 Imtiyozlar va qo‘shimcha imkoniyatlar
🔤 Xorijiy til biluvchi abituriyentlar uchun:
CEFR C1/C2, IELTS 7.5+, TOEFL 100+ sertifikatiga ega abituriyentlar til imtihonidan ozod qilinadi va qo‘shimcha ballga ega bo‘ladi
🧠 Fan olimpiadalari ishtirokchilari uchun:
Xalqaro yoki respublika darajasidagi ilmiy tanlov va olimpiadalarda g‘oliblikka erishganlar uchun imtihonlarsiz qabul qilinishi mumkin
🎓 Grantlar tizimi
— CEFR C1/C2, IELTS 7.5+, TOEFL 100+
— Xitoy tilidan HSK 4 va unda yuqori
Shu kabi shaxsiy natijalarga ega abituriyentlarga suhbat asosida yillik kontrakt narxining 50% gacha grantlar ajratilishi mumkin!
🌟 Nega aynan AIFU magistraturasi?
Ilmiy izlanishlar uchun qulay muhit
O‘z sohasida yetuk ilmiy rahbarlar
Xalqaro konferensiyalar, ilmiy nashrlar va tadqiqot imkoniyatlari
Zamonaviy kutubxona, elektron resurslar va kompyuter xonalari
📌 Magistraturaga hujjat topshiring – o‘z ilmiy va professional rivojlanish yo‘lingizni AIFU bilan boshlang!
Agar sizda orzu, salohiyat va qat’iyat bo‘lsa – biz siz uchun imkoniyat yaratamiz!
Tegishli

AIFU davlat grantlari böyiça 2-örinda: 77 nafar talaba grant sohibi böldi
Bilim va malakalarni baholaş agentligi xorijiy va nodavlat oliygohlar talabalari uçun ötkazilgan davlat granti tanlovi natijalarini e’lon qildi. Natijalarga köra Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining 77 nafar talabasi…
1 daqiqa o‘qish

Turizm va mehmondöstlik yönalişida 60 nafar talabadan 45 nafari grant sohibi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti bu yil Turizm va mehmondöstlik yönalişiga 60 ta örin ajratdi. Örinlar cheklangani uçun yönalişga eng kuçli abituriyentlar saralab olindi.
1 daqiqa o‘qish

🎨 Asrlar qadrlagan san’at — endi diplomli kasb. Interyer dizayniga qabul boshlandi!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti 🔖 Samarqanddagi Registon naqshlari ham, dunyodagi eng zamonaviy mehmonxona va ofislar ham bitta narsa bilan birlashadi — ularning ichki ko‘rinishini kimdir o‘ylab, chizib, yaratgan. O‘sha odam — interyer dizayner.…
1 daqiqa o‘qish
