Asosiy kontentga o‘tish

Universitet hayoti

AIFU va Tashkent Perfect University hamkorlikni boşladi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va Tashkent Perfect University örtasida özaro hamkorlik töğrisida anglaşuv memorandumi imzolandi.

AIFU va Tashkent Perfect University hamkorlikni boşladi
AIFU

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va Tashkent Perfect University örtasida özaro hamkorlik töğrisida anglaşuv memorandumi imzolandi.

Hujjatni universitetimizning öquv va ilmiy işlar böyiça prorektori Prof. Dr. Qulmat Şakarov va TPU rektori Dauren Ilesaliyev imzoladi.

Memorandum ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni közda tutadi: qöşma loyihalar va ilmiy tadqiqotlar, konferensiya va seminarlar, professor-öqituvçilar, talabalar va xodimlar almaşinuvi.

Hujjatda "Logistika" bakalavriat yönalişiga alohida örin berilgan. Bu yönaliş böyiça:

• talabalar kreditlarni özaro tan oliş asosida bir semestrgaça hamkor universitetda öqişi mumkin;
• 2–4 haftalik qişki va yozgi maktablar, intensiv kurslar ötkaziladi;
• ustozlar hamkor universitetda mehmon öqituvçi sifatida dars beradi;
• logistika korxonalarida amaliyot va öquv-tanişuv safarlari taşkil etiladi.

Tashkent Perfect University jamoasiga hamkorlik uçun minnatdorlik bildiramiz.

Fotogalereya

  • AIFU va Tashkent Perfect University hamkorlikni boşladi
  • AIFU va Tashkent Perfect University hamkorlikni boşladi

Tegishli

AIFU talabalaridan Prezidentimizga javob maktubi
Yangilik | Universitet hayoti

AIFU talabalaridan Prezidentimizga javob maktubi

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yozgan maktubi talabalarimizda ham katta taassurot qoldirdi. Undagi bilim, vaqtning qadri va Vatanga muhabbat haqidagi nasihatlar butun yoş avlodga qaratilgan.

1 daqiqa o‘qish

“Bir maktub — bir avlodga saboq”: universitetimizda davra suhbati
Yangilik | Universitet hayoti

“Bir maktub — bir avlodga saboq”: universitetimizda davra suhbati

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaga parvoz çoğida nabirasi Şavkatbekka maktub yozdi. Unda bilim, til örganiş, vaqtning qadri, kitobxonlik, Vatanga muhabbat va qiyinçiliklar oldida taslim…

1 daqiqa o‘qish

Talabalarimiz Olmazor tumani rivoji uçun takliflarni ilgari surdi
Yangilik | Universitet hayoti

Talabalarimiz Olmazor tumani rivoji uçun takliflarni ilgari surdi

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining bir guruh talabalari "Global qaşşoqlik muammolari" fani doirasida Olmazor tumanida amaliy maşğulot ötkazdi. Maşğulotga dotsent, Olmazor tumani deputati Ma’ruf Mirzamahmudov rahbarlik qildi.

1 daqiqa o‘qish