Xalqaro hamkorlik
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, adabiyot sohasidagi Usmon Nosir mukofoti laureati, jurnalistika sohasida “Oltin qalam” Milliy…

Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, adabiyot sohasidagi Usmon Nosir mukofoti laureati, jurnalistika sohasida “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori, “Do‘stlik” ordeni sohibi To‘lqin Eshbek mehmon sifatida ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda Filologiya kafedrasi mudiri Jumanazar O‘rozov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Muzaffar Ortiqov hamda Surayyo Tasheva ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida Navoiy va Bobur ijodidagi yuksak g‘oyalar, ularning madaniyat va adabiyotimizdagi o‘rni, zamonaviy yoshlarga qoldirgan ma’naviy merosi haqida chuqur fikr almashildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarda milliy qadriyat va madaniy merosga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Fotogalereya
Tegishli

AIFUda Xalqaro sanoat kollejini taşkil etiş böyiça memorandum imzolandi
26-noyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga Xitoy Ta’lim vazirligi huzuridagi Xalqaro gumanitar almaşinuv markazi (CCIPE) direktori Yu Changxue boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi.
1 daqiqa o‘qish

Şimoliy Kavkaz federal universiteti bilan hamkorlik muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga Rossiya Federatsiyasidagi Şimoliy Kavkaz federal universitetining xalqaro aloqalar böyiça prorektori Albert Qumiqov taşrif buyurdi.
1 daqiqa o‘qish

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining 6 ta jamoasi xalqaro loyihalar yarmarkasi finalida
Balıkesir universiteti (Turkiya) TÜBİTAK 1503 dasturi doirasida ötkazayotgan III Innovatsion ğoyalar loyihalar yarmarkasiga 102 ta loyiha topşirildi.
1 daqiqa o‘qish




