Ilm-fan
🎓 Matematika mutaxassisligi magistrantlari dissertatsiya himoyasini muvaffaqiyatli yakunladilar!
9-iyun kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti 70540101 – Matematika mutaxassisligi magistratura bosqichi talabalarining dissertatsiya himoyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida bo‘lib o‘tdi. Himoyaning O‘zbekiston Fanlar akademiyasi…

9-iyun kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti 70540101 – Matematika mutaxassisligi magistratura bosqichi talabalarining dissertatsiya himoyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida bo‘lib o‘tdi.
Himoyaning O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi yetakchi ilmiy muassasada tashkil etilgani magistrantlarga o‘z tadqiqot natijalarini bevosita soha olimlari huzurida taqdim etish imkonini berdi.
⚡️ Himoya davomida magistrantlar ilmiy ishlarining dolzarbligi, nazariy va amaliy natijalari hamda ilm-fanga qo‘shadigan hissasi bo‘yicha batafsil ma’ruza qildilar. Institut olimlari va mutaxassislari ishtirokida bo‘lgan muhokamada magistrantlarning bilim va ilmiy salohiyati yuqori baholandi.
Ushbu tadbir universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish va ta’lim-fan integratsiyasini rivojlantirishga xizmat qildi.
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti jamoasi barcha magistrantlarni muvaffaqiyatli himoya bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan yutuqlar tilaydi!
Fotogalereya
Tegishli

AIFU ustozi Anvar Böronovning ijtimoiy-tahliliy maqolalari Oyina.uz portalida
Nega töylarimiz tobora dabdabali bölib bormoqda? Bugun olim böliş nimani anglatadi? Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Altaistika va turkologiya markazi rahbari, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Anvar…
1 daqiqa o‘qish

Özbek va noğay xalqlarining 49 ta uruği bir xil ekanini bilarmidingiz?
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) qoşidagi Oltoyşunoslik va turkologiya markazi rahbari, filologiya fanlari boyiça falsafa doktori (PhD) Anvar Böronov hamda ToşDO‘TAU dotsenti, tarix fanlari boyiça falsafa doktori…
1 daqiqa o‘qish

“Ustoz”: akademik Azimboy Sa’dullayev haqida hujjatli film
"Birorta öquvçim teorema isbot qilsa, öşa kuni men uçun bayram" Bu sözlar akademik Azimboy Sa’dullayevga tegişli Ayni daqiqalarda Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida uning nomidagi Xalqaro matematika olimpiadasi — SIMO…
1 daqiqa o‘qish




