Xalqaro hamkorlik
Mudanya University bilan hamkorlik memorandumi imzolandi!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va Mudanya University (Bursa, Turkiya) o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi. Mudanya University — zamonaviy ta’lim yondashuvlari, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro akademik aloqalari bilan tanilgan Turkiya…

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va Mudanya University (Bursa, Turkiya) o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mudanya University — zamonaviy ta’lim yondashuvlari, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro akademik aloqalari bilan tanilgan Turkiya universitetlaridan biri.
Memorandum quyidagi imkoniyatlarni beradi:
— Talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
— Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va akademik nashrlar;
— Xalqaro konferensiyalar, seminarlar va ilmiy tadbirlar;
— Qo‘shma o‘quv dasturlari va tajriba almashinuvi.
Bu hamkorlik ikki universitet talabalari uchun qo‘shma loyihalar, seminarlar va laboratoriya mashg‘ulotlarida birga ishlash imkoniyatini yaratadi.
Fotogalereya
Tegishli

AIFUda Xalqaro sanoat kollejini taşkil etiş böyiça memorandum imzolandi
26-noyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga Xitoy Ta’lim vazirligi huzuridagi Xalqaro gumanitar almaşinuv markazi (CCIPE) direktori Yu Changxue boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi.
1 daqiqa o‘qish

Şimoliy Kavkaz federal universiteti bilan hamkorlik muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga Rossiya Federatsiyasidagi Şimoliy Kavkaz federal universitetining xalqaro aloqalar böyiça prorektori Albert Qumiqov taşrif buyurdi.
1 daqiqa o‘qish

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining 6 ta jamoasi xalqaro loyihalar yarmarkasi finalida
Balıkesir universiteti (Turkiya) TÜBİTAK 1503 dasturi doirasida ötkazayotgan III Innovatsion ğoyalar loyihalar yarmarkasiga 102 ta loyiha topşirildi.
1 daqiqa o‘qish


