Asosiy kontentga o‘tish

Universitet hayoti

Universitetimizda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta yangi o‘quv adabiyoti nashr etildi

Universitetimizda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta yangi o‘quv adabiyoti nashr etildi Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘qituvchisi G.B. Xudoyqulova psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 1 ta darslik va 3 ta o‘quv qo‘llanma tayyorladi.…

Universitetimizda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta yangi o‘quv adabiyoti nashr etildi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘qituvchisi G.B. Xudoyqulova psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 1 ta darslik va 3 ta o‘quv qo‘llanma tayyorladi. Ular 2025-yilda “Firdavs-Shoh nashriyoti”da (Toshkent) chop etildi. Kitoblar 60310300 – Psixologiya hamda 60310900 – Psixologiya (amaliy psixologiya) bakalavriat yo‘nalishlari o‘quv rejasidagi fan dasturlari asosida yaratilgan.

1. «Deviant xulq-atvor psixologiyasi» (darslik, 586 bet)
Darslikda deviant xulq-atvor muammosi yoritilgan. Unda bunday xulqli bolalarni psixodiagnostika qilish usullari ham ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, psixokorreksion, psixoprofilaktik va psixokonsultativ tadbirlar haqida ma’lumot berilgan.
Taqrizchilar: psixologiya fanlari doktori, dotsent Sh.M. Ulug‘ova; pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Y. Mahkamova.
ISBN: 978-9910-570-03-2

2. «Psixologik xizmat» (o‘quv qo‘llanma, 220 bet)
Qo‘llanma “Psixologik xizmat” fan dasturi asosida yaratilgan. U sohaga oid mavzularni keng qamrab oladi.
Mas’ul muharrir: psixologiya fanlari doktori, professor, akademik Sh.R. Barotov.
Taqrizchilar: psixologiya fanlari doktorlari H.H. Jabborov va Sh.M. Ulug‘ova.
ISBN: 978-9910-570-61-2

3. «Oila psixologiyasi» (o‘quv qo‘llanma)
Qo‘llanmada oila tushunchasi va turlari, oilaning ijtimoiy-psixologik tuzilishi yoritilgan. Oilada individual psixologik xususiyatlarning shakllanishi ham ko‘rib chiqiladi. Oilaviy hayotni psixologik o‘rganishning ilmiy-metodologik jihatlari ham bayon etilgan.
Mas’ul muharrir: psixologiya fanlari doktori, professor F.A. Akramova.
Taqrizchilar: psixologiya fanlari doktorlari H.H. Jabborov va Sh.M. Ulug‘ova.
ISBN: 978-9910-570-60-5

4. «Eksperimental psixologiya va praktikum» (o‘quv qo‘llanma)
Qo‘llanma o‘qituvchi va talabalar uchun mo‘ljallangan. U ta’lim muassasalari, psixologik xizmat markazlari va sud-psixologik ekspertiza mutaxassislari uchun ham foydali. Sotsiologlar va pedagoglar ham undan amaliy qo‘llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar: pedagogika fanlari doktori, professor Z.T. Raximov; psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent H.H. Jabborov.
ISBN: 978-9910-570-04-9

Ushbu nashrlar talabalar, magistrantlar, amaliyotchi psixologlar, pedagoglar va psixologiyaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. Ular fanlarni chuqur o‘zlashtirishga xizmat qiladi.

Muallifni ushbu ilmiy-ijodiy muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

Fotogalereya

  • Universitetimizda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta yangi o‘quv adabiyoti nashr etildi
  • Universitetimizda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta yangi o‘quv adabiyoti nashr etildi
  • Universitetimizda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta yangi o‘quv adabiyoti nashr etildi
  • Universitetimizda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta yangi o‘quv adabiyoti nashr etildi

Tegishli

AIFU talabalaridan Prezidentimizga javob maktubi
Yangilik | Universitet hayoti

AIFU talabalaridan Prezidentimizga javob maktubi

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yozgan maktubi talabalarimizda ham katta taassurot qoldirdi. Undagi bilim, vaqtning qadri va Vatanga muhabbat haqidagi nasihatlar butun yoş avlodga qaratilgan.

1 daqiqa o‘qish

“Bir maktub — bir avlodga saboq”: universitetimizda davra suhbati
Yangilik | Universitet hayoti

“Bir maktub — bir avlodga saboq”: universitetimizda davra suhbati

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaga parvoz çoğida nabirasi Şavkatbekka maktub yozdi. Unda bilim, til örganiş, vaqtning qadri, kitobxonlik, Vatanga muhabbat va qiyinçiliklar oldida taslim…

1 daqiqa o‘qish

Talabalarimiz Olmazor tumani rivoji uçun takliflarni ilgari surdi
Yangilik | Universitet hayoti

Talabalarimiz Olmazor tumani rivoji uçun takliflarni ilgari surdi

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining bir guruh talabalari "Global qaşşoqlik muammolari" fani doirasida Olmazor tumanida amaliy maşğulot ötkazdi. Maşğulotga dotsent, Olmazor tumani deputati Ma’ruf Mirzamahmudov rahbarlik qildi.

1 daqiqa o‘qish