Tadbirlar
“Yoshlar va sport: intizomli hayot sari qadam” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “Sport va sog‘lom turmush tarzi — bizning tanlovimiz. Giyohvandlikka esa yo‘q deymiz!” shiori ostida “Yoshlar va sport: intizomli hayot sari qadam” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda yurtimiz sportining…

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida “Sport va sog‘lom turmush tarzi — bizning tanlovimiz. Giyohvandlikka esa yo‘q deymiz!” shiori ostida “Yoshlar va sport: intizomli hayot sari qadam” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda yurtimiz sportining faxri — Olimpiya chempioni Fazliddin G‘oibnazarov hamda Olimpiya o‘yinlari sovrindori Ixtiyor Navruzov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida sportchilar talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib borib, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, sport orqali iroda, intizom va qat’iyatni shakllantirish borasida hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, yoshlarni sportga mehr qo‘yishga, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, sog‘lom va mas’uliyatli hayot kechirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar.
👉 Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar uchun katta motivatsiya bo‘lib, ularning jismoniy va ma’naviy barkamolligini oshirish, sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Tegishli

AIFUda Xalqaro psixologlar kuni nişonlandi
20-noyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Ijtimoiy fanlar kafedrasi taşabbusi bilan Xalqaro psixologlar kuniga bağişlangan bayram tadbiri bölib ötdi.
1 daqiqa o‘qish

SIMO 2026: 72 nafar talaba medal bilan taqdirlandi
15-noyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Akademik Azimboy Sa’dullayev nomidagi Xalqaro matematika olimpiadasi (SIMO 2026) yakunlandi. Ikki kunlik final bosqiçidan söng taqdirlaş marosimi bölib ötdi va 72 nafar…
1 daqiqa o‘qish

“Qori Niyoziy izdoşlari” olimpiadasi ğoliblari aniqlandi
8-noyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida an’anaviy "Qori Niyoziy izdoşlari" olimpiadasining yakuniy bosqiçi bölib ötdi.
1 daqiqa o‘qish
