Universitet hayoti
AIFU Ta’lim sifatini nazorat qiliş bölimi mutaxassisi bilan tanişing — Dilşod Qosimov
Navbatdagi tanişuv — Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Ta’lim sifatini nazorat qiliş bölimi mutaxassisi Dilşod Doniyor öğli Qosimov.

Navbatdagi tanişuv — Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Ta’lim sifatini nazorat qiliş bölimi mutaxassisi Dilşod Doniyor öğli Qosimov.
Dilşod Qosimov oliy ta’lim tizimida öquv jarayonini taşkil etiş, öquv-uslubiy işlar va ta’lim sifatini ta’minlaş yönalişlarida faoliyat yuritib kelmoqda.
U talabalik yillaridayoq Toşkent davlat texnika universitetining Metrologiya, standartlaştiriş va mahsulot sifati menejmenti kafedrasida laborant bölib işlagan.
2024-yilda Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Öquv-uslubiy bölim uslubçisi sifatida faoliyat boşlagan. 2026-yil avgust oyidan beri Ta’lim sifatini nazorat qiliş bölimi mutaxassisi bölib işlamoqda.
U Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universitetida bakalavriat, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toşkent filialida magistratura bosqiçida tahsil olgan. Magistraturani a’lo baholarga tamomlab, Oltin medal va MDU rektori V.A. Sadovniçiyning qimmatli sovğasi bilan taqdirlangan. Şuningdek, Özbekiston Milliy universiteti huzuridagi Harbiy tayyorgarlik öquv markazini ham a’lo baholarga tamomlagan.
Dilşod Qosimov ta’lim sifati va oliy ta’limni boşqariş masalalari böyiça ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Uning 10 dan ortiq ilmiy maqolasi OAK tomonidan tan olingan mahalliy va xorijiy jurnallarda hamda konferensiya töplamlarida çop etilgan.
AIFU jamoasi bilan tanişuvni davom ettiramiz.
Tegishli

AIFU talabalaridan Prezidentimizga javob maktubi
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yozgan maktubi talabalarimizda ham katta taassurot qoldirdi. Undagi bilim, vaqtning qadri va Vatanga muhabbat haqidagi nasihatlar butun yoş avlodga qaratilgan.
1 daqiqa o‘qish

“Bir maktub — bir avlodga saboq”: universitetimizda davra suhbati
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaga parvoz çoğida nabirasi Şavkatbekka maktub yozdi. Unda bilim, til örganiş, vaqtning qadri, kitobxonlik, Vatanga muhabbat va qiyinçiliklar oldida taslim…
1 daqiqa o‘qish

Talabalarimiz Olmazor tumani rivoji uçun takliflarni ilgari surdi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining bir guruh talabalari "Global qaşşoqlik muammolari" fani doirasida Olmazor tumanida amaliy maşğulot ötkazdi. Maşğulotga dotsent, Olmazor tumani deputati Ma’ruf Mirzamahmudov rahbarlik qildi.
1 daqiqa o‘qish
