Asosiy kontentga o‘tish

Universitet hayoti

AIFU va “KENG MAKON”: dizayn talabalari uçun amaliy loyihalar

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti bilan "KENG MAKON" korxonasi örtasida özaro hamkorlik töğrisida anglaşuv memorandumi imzolandi.

AIFU va “KENG MAKON”: dizayn talabalari uçun amaliy loyihalar
AIFU

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti bilan "KENG MAKON" korxonasi örtasida özaro hamkorlik töğrisida anglaşuv memorandumi imzolandi.

Hujjatni universitetimizdan öquv va ilmiy işlar böyiça prorektor Prof. Dr. Qulmat Şakarov, korxonadan esa direktor Abduraxim Abduraxmanov imzoladi.

Bugun dizayn sohasida nazariy bilimning özi yetmaydi: iş beruvçilar real loyiha ustida işlagan, materiallar va texnologiyalarni amalda biladigan, portfoliosi bor mutaxassisni izlaydi.

Memorandum talabalarimizni aynan şunday tayyorlaşga va dual ta’lim tizimini yölga qöyişga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida:
- talabalar amaliyotni korxonaning loyihalaş bölimlari va işlab çiqariş obyektlarida ötaydi;
- interyer, grafik, landşaft, mebel va predmetli muhit hamda raqamli dizayn yönalişlarida real buyurtmalar asosida qöşma loyihalar bajariladi;
- kurs va bitiruv işlarining mavzulari korxonaning real vazifalaridan olinadi;
- korxona mutaxassislari mahorat darslari ötkazadi va öquv dasturlarini takomillaştirişda qatnaşadi;
- ustozlarimiz korxonada malaka oşiradi.

Amaliyot davomida bajarilgan işlar talabalarning şaxsiy portfoliosiga aylanadi, yakunida esa har biriga kasbiy könikmalari baholangan tavsifnoma beriladi.

"KENG MAKON" jamoasiga hamkorlik uçun minnatdorlik bildiramiz.

Videoni Telegram kanalimizda tomoşa qiling

Tegishli

AIFU talabalaridan Prezidentimizga javob maktubi
Yangilik | Universitet hayoti

AIFU talabalaridan Prezidentimizga javob maktubi

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yozgan maktubi talabalarimizda ham katta taassurot qoldirdi. Undagi bilim, vaqtning qadri va Vatanga muhabbat haqidagi nasihatlar butun yoş avlodga qaratilgan.

1 daqiqa o‘qish

“Bir maktub — bir avlodga saboq”: universitetimizda davra suhbati
Yangilik | Universitet hayoti

“Bir maktub — bir avlodga saboq”: universitetimizda davra suhbati

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaga parvoz çoğida nabirasi Şavkatbekka maktub yozdi. Unda bilim, til örganiş, vaqtning qadri, kitobxonlik, Vatanga muhabbat va qiyinçiliklar oldida taslim…

1 daqiqa o‘qish

Talabalarimiz Olmazor tumani rivoji uçun takliflarni ilgari surdi
Yangilik | Universitet hayoti

Talabalarimiz Olmazor tumani rivoji uçun takliflarni ilgari surdi

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining bir guruh talabalari "Global qaşşoqlik muammolari" fani doirasida Olmazor tumanida amaliy maşğulot ötkazdi. Maşğulotga dotsent, Olmazor tumani deputati Ma’ruf Mirzamahmudov rahbarlik qildi.

1 daqiqa o‘qish