Asosiy kontentga o‘tish

Xalqaro hamkorlik

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakillari Turkiyadagi xalqaro kongressda

21-22-oktabr kunlari Turkiyaning Balikesir shahrida o‘tkazilayotgan Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik xalqaro kongressida AIFU professor-o‘qituvchilari va talabalari ham ishtirok etmoqda.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakillari Turkiyadagi xalqaro kongressda
AIFU

21-22-oktabr kunlari Turkiyaning Balikesir shahrida o‘tkazilayotgan Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik xalqaro kongressida AIFU professor-o‘qituvchilari va talabalari ham ishtirok etmoqda.

Universitetimiz Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, professor v.b. Aynagul Bekimbetova kongress doirasida Balikesir universiteti talabalari uchun qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni aqliy tarbiyalash an’analariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazdi.

Kongressda AIFUning Psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi Saida Toxirova ham "Madaniy turizm, gastronomiya va mahalliy qadriyatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik: nazariy asoslar va turkiy dunyo tajribasi" mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.

AIFU vakillarining kongressdagi boshqa ilmiy chiqishlari haqida ham tez orada ma’lumot beramiz.

Videoni Telegram kanalimizda tomosha qiling

Fotogalereya

  • Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakillari Turkiyadagi xalqaro kongressda
  • Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakillari Turkiyadagi xalqaro kongressda
  • Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakillari Turkiyadagi xalqaro kongressda

Tegishli