Universitet hayoti
Tarix yönalişi talabalari tarixiy maskanlarda
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining Tarix yönalişi talabalari darslarda örganilgan mavzularni muzeylarda va tarixiy joylarda davom ettirdi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining Tarix yönalişi talabalari darslarda örganilgan mavzularni muzeylarda va tarixiy joylarda davom ettirdi.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Jonibek Bötayev taşabbusi bilan talabalar Qatağon qurbonlari xotirasi muzeyiga bordi.
Eksponatlar orqali ular yurtimiz tarixining eng oğir sahifalari va qatağon qilinganlar taqdiri bilan tanişdi, Şahidlar maydonida esa xalqimiz ozodligi yölida jon fido qilganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Sirtqi ta’lim talabalari Islom sivilizatsiyasi markazi va Hazrati Imom majmuasiga taşrif buyurdi. Markazda qadimiy qölyozmalar va madaniy meros namunalarini kördi, majmuada obidalarning tarixi va me’morçiligi bilan tanişdi.
Fotogalereya
Tegishli

AIFU talabalaridan Prezidentimizga javob maktubi
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yozgan maktubi talabalarimizda ham katta taassurot qoldirdi. Undagi bilim, vaqtning qadri va Vatanga muhabbat haqidagi nasihatlar butun yoş avlodga qaratilgan.
1 daqiqa o‘qish

“Bir maktub — bir avlodga saboq”: universitetimizda davra suhbati
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaga parvoz çoğida nabirasi Şavkatbekka maktub yozdi. Unda bilim, til örganiş, vaqtning qadri, kitobxonlik, Vatanga muhabbat va qiyinçiliklar oldida taslim…
1 daqiqa o‘qish

Talabalarimiz Olmazor tumani rivoji uçun takliflarni ilgari surdi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining bir guruh talabalari "Global qaşşoqlik muammolari" fani doirasida Olmazor tumanida amaliy maşğulot ötkazdi. Maşğulotga dotsent, Olmazor tumani deputati Ma’ruf Mirzamahmudov rahbarlik qildi.
1 daqiqa o‘qish





